Qozog‘iston • QS World University Rankings • TOP-1000
2025-yil 2-fevraldan boshlab universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori E. Muxtorov, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i U. Qo‘yliyev, filologiya kafedrasi o‘qituvchisi M. Kilicheva hamda psixologiya va umumiy fanlar kafedrasi dotsenti I. Axtamov QS World University Rankings reytingida dunyoning TOP-1000 taligiga kiruvchi, 621-o‘rinda qayd etilgan M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida malaka oshirmoqdalar.
Mazkur malaka oshirish jarayoni davomida ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tashrif doirasida M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G. Karbozova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Buxoro xalqaro universiteti va M. Avezov universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning istiqbolli rejalari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.




