100047, Toshkent sh., Y. G‘ulomov ko‘chasi, 70. Tel.: (95) 146-28-83. e-mail: info@oak.uz, https://oak.uz
№ 01-08/7757
Oliy ta'lim va ilmiy tashkilotlar rahbariyatiga
Psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash rahbariyatiga
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 27-dekabrdagi qaroriga muvofiq ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ular qoshidagi ilmiy seminarlar faoliyatiga oid hujjatlar ilovaga muvofiq yo‘llanmoqda.
Rais
A.T. Yusupov
Rais qarori
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom”ga asosan O‘zR Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Buxoro xalqaro universiteti tomonidan taqdim etilgan murojaat (03.12.2025-y., №01/09-2284) va OAK siyosiy, sotsiologik, islomshunoslik, psixologik tadqiqotlari va falsafiy-pedagogik soha ijtimoiy jarayonlari bo‘yicha ekspert kengashi (20.12.2025-y., №12) tavsiyasiga muvofiq OAK Rayosatining 2025-yil 27-dekabrdagi 379/2-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida:
OAK Rayosatining 2025-yil 27-dekabrdagi 379/2-son qaroriga asosan quyidagilar ma'lumot uchun qabul qilinsin:
Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.01.2025.P.190.01 raqamli ilmiy kengash faoliyati 2025-yilning 31-dekabridan tugatilgani va mazkur ilmiy kengash PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqami bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgani;
PhD.03/04.01.2025.P.190.01 raqamli ilmiy kengash faoliyati tugatilganiga ko‘ra, unda ko‘rib chiqilgan ishlarni e'tiborga olgan holda vorislik asosida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengash faoliyati 2026-yil yanvar oyidan boshlab yo‘lga qo‘yilgani.
PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengashning 15 nafar a'zodan iborat tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilsin:
19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengash asosida fan tarmog‘iga muvofiq holda pedagogika fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazish uchun bir martalik ilmiy kengash tuzishga ruxsat berilsin.
PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengash o‘z faoliyatini oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil qilsin.
PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengash va muassasa ilmiy kengash tarkibini yangilab borishda a'zolarning Hirsh (h-indeksi) indeksi, Q1 va Q2 darajasidagi jurnallarda maqolalari chop etilishi, gender tengligi va xorijiy olimlarni jalb etish masalalarini e'tiborga olsin hamda tarkibdagi har bir o‘zgarishni 2 ish kuni ichida “Ilmiy darajalar kompleks-tahliliy axborot tizimi”ning “ilmiy kengash tarkibi” bo‘limiga kiritilishini ta'minlasin.
Buxoro davlat universiteti rahbariyati PhD.03/2025.27.12.P.43.01 raqamli ilmiy kengash faoliyatini nizomlar asosida tashkil qilishga shart-sharoitlar yaratsin va uning faoliyatini nazorat qilsin.
Rais
A.T. Yusupov
| T/r | Familiyasi, ismi, otasining ismi | Tug‘ilgan yili | Mutaxassislik kodi | Ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Baratov Sharif Ramazanovich (rais) | 1960 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, rektor, professor |
| 2 | Muxtorov Erkin Mustafoevich (rais o‘rinbosari) | 1973 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, prorektor, professor v.b. |
| 3 | Ostanov Shuxrat Sharifovich (ilmiy kotib) | 1989 | 19.00.06 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori |
| 4 | Sobirova Dilafruz Abdurozikovna | 1976 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, prorektor, professor |
| 5 | Fayzieva Mavluda Xudayarovna | 1966 | 19.00.05 | Qarshi davlat universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 6 | Elmuratova Aysulu Usaxovna | 1982 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, professor |
| 7 | Ganjiev Feruz Furkatovich | 1992 | 19.00.05 | Nukus davlat pedagogika instituti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 8 | Olimov Laziz Yarashovich | 1982 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 9 | Ro‘ziqulov Fariddin Rasulovich | 1964 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 10 | Qodirov Umarali Do‘stqobilovich | 1974 | 19.00.05 | Surxondaryo viloyati XTXQTMO hududiy markazi, direktor, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 11 | Rustamov Shavkat Shuxratovich | 1993 | 19.00.06 | Buxoro davlat universiteti, kafedra dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
| 12 | Qodirov Obid Safarovich | 1979 | 19.00.06 | Samarqand davlat universiteti, kafedra mudiri, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 13 | Qabulov Qosimboy Pirjonovich | 1986 | 19.00.06 | Urganch davlat universiteti, kafedra professori v.b., psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 14 | Qodirov Kamoliddin Botirovich | 1974 | 19.00.06 | Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti, professor, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 15 | Bafaev Muxiddin Muhammadovich | 1980 | 19.00.06 | Urganch davlat universiteti, kafedra professori v.b., psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| T/r | Familiyasi, ismi, otasining ismi | Tug‘ilgan yili | Mutaxassislik kodi | Ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Sobirova Dilafruz Abdurozikovna (rais) | 1976 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, prorektor, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor |
| 2 | Jo‘raev Bahrom (rais o‘rinbosari) | 1978 | 19.00.06 | Qarshi davlat universiteti, kafedra mudiri, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor |
| 3 | Abdullaev Amrulla Nasullaevich (ilmiy kotib) | 1983 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor |
| 4 | Muxtorov Erkin Mustafoevich | 1973 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, prorektor, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor v.b. |
| 5 | Ostanov Shuxrat Sharifovich | 1989 | 19.00.06 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 6 | Usmonova Manzura Naimovna | 1959 | 19.00.06 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor |
| 7 | Fayzieva Mavluda Xudayarovna | 1966 | 19.00.05 | Qarshi davlat universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 8 | Elmuratova Aysulu Usaxovna | 1982 | 19.00.05 | Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 9 | Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna | 1968 | 19.00.05 | Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 10 | OAK ekspert kengashi a'zosi | — | — | — |
| 11 | Urazbaeva Dilbar Abdullaevna | 1982 | 19.00.05 | Ma'mun universiteti, dekan, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor |
| 12 | Kamilova Nodira Gayratovna | 1972 | 19.00.06 | Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 13 | Barotov Xumoyin Sharifovich | 1992 | 19.00.06 | Buxoro xalqaro universiteti, yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent v.b. |
| 14 | Safarov Dilmurod Halimovich | 1988 | 19.00.05 | Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi, direktor o‘rinbosari, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor |
| 15 | Abduazimov Azizjon Abdusabirovich | 1973 | 19.00.06 | Profi universiteti, prorektor, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent |
| 16 | Umurzoqov Dilmurod Holmuradovich | 1980 | 19.00.05 | Navoiy davlat universiteti, kafedra mudiri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent |
| 17 | Rahimova Indira Igorevna | 1987 | 19.00.06 | “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, kafedra dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
| 18 | Arziqulov Dilshod Ne'matovich | 1970 | 19.00.05 | Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) |
| 19 | Avezov Olmos Ravshanovich | 1985 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
| 20 | Baxronova Komila Yadgorovna | 1967 | 19.00.05 | Buxoro xalqaro universiteti, kafedra professori, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |